Tadbirlar
Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi bilan uchrashuv
Bikal kompaniyasi vakili — Lordlar palatasi a’zosi bilan tijorat arbitraji, AI qonunchiligi va qishloq xo‘jaligi eksporti bo‘yicha muzokaralar.

23-iyun kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I. Jasimov Bikal kompaniyasi vakili, Buyuk Britaniya Lordlar palatasi a’zosi A. Karlayl bilan uchrashdi.
Bikal — sun’iy intellekt va giperma’lumotlarni saqlash texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi Britaniya kompaniyasi.
Uchrashuvda tijorat arbitraji bo‘yicha kelgusidagi hamkorlik, investitsiya nizolarida ingliz huquqini qo‘llash bo‘yicha yuridik tajriba almashish, sun’iy intellekt sohasida qonunchilikni rivojlantirish hamda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

