Odamlar
Fransiyalik talabaning Eurosoft’dagi amaliyoti
Fransiyalik amaliyotchi Toshkentdagi hayot va mahalliy hunarmandlarni sayyohlar bilan bog‘lovchi Craft Meets Design platformasi ustidagi ish haqida.

O‘zbekistonga borishdan oldin do‘stlarim bilan bu haqda gaplashdim va ularning ko‘pchiligi O‘zbekistonni xaritada topa olmasligidan hayron bo‘ldim. Darhaqiqat, bu mamlakat G‘arb dunyosida unchalik tanilmagan. Aytishim mumkinki, Toshkentdagi hayot meni hayratda qoldirdi.
O‘zbekistonga amaliyot o‘tash uchun keldim. Amaliyot davomida mahalliy hunarmandlarni sayyohlar bilan bog‘laydigan platforma yaratishga qaratilgan Craft Meets Design loyihasi ustida ishladim.

