Eurosoft

Startaplar

Hopme tadbirkorlik bo‘yicha Jahon kubogining milliy bosqichida g‘olib bo‘ldi

Hopme by Smartdeals va Eurosoft’ning qo‘shma loyihasi Saudiya Arabistonidagi jahon finalida O‘zbekiston nomidan qatnashadi.

Tadbirkorlik bo‘yicha Jahon kubogi milliy bosqichidagi Hopme jamoasi

IT Park xabariga ko‘ra, Hopme by Smartdeals MChJ va Eurosoft MChJ loyihasi tadbirkorlik bo‘yicha Jahon kubogining milliy bosqichida g‘olib chiqdi. Endi u noyabr oyida Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan jahon finalida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Ishtirok etish tanlov qatnashchilariga o‘quv materiallari va mentorlik yordamidan foydalanish hamda loyihalarini xalqaro IT mutaxassislaridan iborat hakamlar hay’atiga taqdim etishga yaxshiroq tayyorlanish imkonini beradi.

Musobaqaning mukofot jamg‘armasi naqd pulda 1 million dollardan, hamkorlarning bonuslari va maxsus takliflarida esa 70 million dollardan ortiq.